RB Leyptsig Bremen Verderni magʻlub etdi

RB Leyptsig Bremen Verderni magʻlub etdi
Bundesliganing 11-turida RB Leyptsig oʻz maydonida Bremen Verder jamoasini qabul qildi. Uchrashuv davomida koʻplab zarbalar amalga oshirildi, biroq ularning aksariyati jiddiy xavf tugʻdirmadi.

59-daqiqada Kristof Baumgartner hisobni ochish imkoniyatiga ega boʻldi, biroq himoyachi toʻpni darvoza chizigʻidan qaytardi. Oradan koʻp oʻtmay, 63-daqiqada Assan Uedraogo uzoq masofadan aniq zarba yoʻllab natijani ochdi (1:0).

80-daqiqada esa Xaver Shlagerning zarbasi raqib darvozabonini dogʻda qoldirdi va hisob 2:0 boʻldi. Mazkur gʻalabadan soʻng "Bullar" Bundesligada ikkinchi oʻringa koʻtarildi.

Bremen Verder esa magʻlubiyatsiz oʻyinlar seriyasini yakunlab, sakkizinchi oʻrinda qoldi.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar