
Arsenal himoyachisi Rikardo Kalafyori "Tottenhem" ustidan qozonilgan 4:1 hisobidagi yirik g'alabadan so'ng o'z his-tuyg'ularini bo'lishdi. Italiyalik futbolchi yakshanba kungi derbida 92 daqiqa davomida maydonda harakat qilib, "kanonirlar"ning ishonchli g'alabasiga katta hissa qo'shdi.
"O'yin davomida his qilgan tuyg'ularimni so'z bilan ifodalash qiyin. Bu shunchaki ajoyib edi.
Qanday muhit, qanday jamoa, qanday o'yin! Oldinga shu ichki olov bilan davom etamiz", – deb yozdi Kalafyori o'zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.
Uchrashuv qahramoni "shporlar" darvozasiga xet-trik kiritgan Eberechi Eze bo'ldi. Shuningdek, Leandro Trossar ham bitta gol urdi.
Mehmonlar safida esa yagona gol Richarlison tomonidan kiritildi. Mazkur g'alabadan so'ng "Arsenal" APL turnir jadvalida 12 turdan keyin 29 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda.
Jamoa ikkinchi o'rinda borayotgan "Chelsi"dan 6 ochko oldinda.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.