
Elche darvozaboni Inyaki Penya Madridning "Real" klubi hujumchisi Vinisius Junior bilan yuz bergan to'qnashuv haqida o'z fikrini bildirdi. O'yin davomida braziliyalik futbolchi tizzasi bilan Penyaning yuziga tegib, uning burniga jiddiy shikast yetkazgan.
Ushbu vaziyatdan keyin "Real" uchun muhim hisoblangan golni Jud Bellingem urdi va o'yin 2:2 hisobida yakunlandi. Uchrashuvdan so'ng Elche bosh murabbiyi Eder Sarabiya Vinisiusning harakati qoidabuzarlik bo'lganini ta'kidladi.
Biroq, Penya bu holatga jiddiy yondashmaslikni ma'qul ko'rdi. "Vinisiusning zarbasimi?
Hech narsa, bu oddiy o'yin holati. U inersiya bilan tizzasi bilan tegib ketdi, hech qanday muammo yo'q.
Boshqa gapim yo'q", – dedi Barselonadan ijaraga olingan darvozabon. Shuningdek, Inyaki Penya ushbu uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.