date

Mareska: "Barselonaga kiritgan golim eng osoni edi"

Mareska: "Barselonaga kiritgan golim eng osoni edi"
Seshanba oqshomida "Chelsi" Chempionlar Ligasi umumiy bosqichining beshinchi turida "Barselona"ni qabul qiladi. "Pensionerlar" bosh murabbiyi Enso Mareska 2006 yilda UEFA Superkubogida "Barselona" darvozasiga gol urganini esga oldi.

"Ha, bu muhim lahza edi. Har doim aytganman, bu mening hayotimdagi eng oson gol bo'lgan.

Chunki biz 2:0 hisobida oldinda edik va oxirgi daqiqalarda penalti belgilangan edi. O'shanda penaltini tepish oson va yoqimli edi, ammo hozir hammasi boshqacha.

"Barselona" ajoyib jamoa, lekin biz g'alaba qozonish uchun qo'limizdan kelgan barcha ishni qilamiz", - dedi Mareska matbuot anjumanida. 2006 yilda "Sevilya" UEFA Superkubogida "Barselona"ni 3:0 hisobida mag'lub etgan edi.

Enso Mareska 89-daqiqada penaltini aniq amalga oshirgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Mareska: "Barselonaga kiritgan golim eng osoni edi"