
«Nyukasl»ga qarshi o‘yinda mag‘lubiyatga uchraganidan so‘ng, «Manchester Siti» bosh murabbiyi Xosep Gvardiola operator bilan mojaro yuzaga keltirdi. Dushanba kungi matbuot anjumanida Gvardiola bu voqeani izohladi.
«Buni ko‘rganimda o‘zimni noqulay va uyatli his qilaman. Bu menga yoqmaydi. Operatordan uzr so‘rayman. Men qanday bo‘lsam shundayman.
1000 ta o‘yindan keyin ham men mukammal emasman va xatolarga yo‘l qo‘yaman. O‘z jamoam va klubimni himoya qilaman», – dedi Gvardiola jurnalistlarga.
Ayni paytda Xosep Gvardiola «Manchester Siti»ni Chempionlar Ligasi doirasida «Bayer»ga qarshi o‘z maydonida bo‘lib o‘tadigan o‘yinga tayyorlamoqda. Jamoalar seshanba, 25 noyabr kuni to‘qnash keladi. O‘yin Toshkent vaqti bilan soat 01:00 da boshlanadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.