date

Marselino: Omad hozircha biz tomonda emas

Marselino: Omad hozircha biz tomonda emas
“Vilyarreal” bosh murabbiyi Marselino Garsiya Toral Chempionlar ligasi doirasidagi Dortmundning “Borussiya” klubiga qarshi uchrashuv oldidan matbuot anjumanida ishtirok etdi. Mazkur bahs turnirning umumiy bosqich 5-turidan o‘rin olgan bo‘lib, 25-noyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 01:00 da boshlanishi rejalashtirilgan.

“Bu o‘yin har bir futbolchi va murabbiy uchun o‘zini ko‘rsatish uchun ajoyib imkoniyat. Bunday uchrashuvlardan zavqlanish lozim”, - dedi murabbiyning so‘zlarini Footboom nashri keltiradi.

“Hozirgacha omad biz tomonda emas edi. Agar biz biroz bo‘lsa ham o‘zimizning eng yaxshi sport formasiga yaqinlashsak, g‘alabaga erishish imkonimiz bor.

Men bunga ishonaman.” “Bu yerda g‘alaba bizga keyingi bosqichga chiqishni kafolatlamaydi, mag‘lubiyat esa musobaqadan chiqishimizni anglatmaydi. Albatta, biz g‘alabaga intilamiz, ammo bunga erishish uchun ikkala jarima maydonchasida ham maksimal darajada diqqatni jamlashimiz va o‘z uslubimiz hamda muvaffaqiyatga bo‘lgan ishonchimizga sodiq qolishimiz zarur.” “Borussiya” jamoasi 7 ochko bilan 14-o‘rinda bormoqda, “Vilyarreal” esa 1 ochko bilan 32-o‘rinni egallab turibdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Marselino: Omad hozircha biz tomonda emas