date

Uli Xyoness: "Barselona o'rnak klub emas"

Uli Xyoness: "Barselona o'rnak klub emas"
Myunxenning "Bavariya" jamoasi faxriy prezidenti Uli Xyoness Ispaniyaning "Barselona" klubi boshqaruv modelini keskin tanqid qildi. Bu haqda A Bola nashri xabar bermoqda.

"Menimcha, "Barselona" hech qachon o'rnak klub bo'lolmaydi. Ularning qarzi 1,3 milliard dollar.

Bu qanday ishlaydi, tushunmayman. Menga ularning hali ham yuqori darajada o'ynashiga ruxsat berilayotgani absurd va gʻalati tuyuladi.

Bunday boshqaruv modeli hurmatga loyiq emas. Har qanday odatdagi davlatda, bunday yomon boshqaruvdagi jamoa yuqori ligaga kira olmas edi.

Rostini aytsam, ularning hali ham bu darajada ekani mo'jiza", - dedi Uli Xyoness o'z noroziligini bildirish asnosida. "Bu holat bizning "Bavariya"dagi boshqaruv tizimimiz va moliyaviy barqarorligimiz bilan keskin farq qiladi.

Bizning boshqaruvimiz, iqtisodiy standartlarimiz va moliyaviy fokuslarga bog'liq bo'lmagan sportdagi ustunligimiz har bir Evropa klubi uchun namuna bo'lishi kerak. Biz bundan faxrlanamiz", - deya qo'shimcha qildi Xyoness.

Ma'lumot uchun, "Barselona" jamoasi Chempionlar ligasida 5 marta g'olib chiqqan. Ularning so'nggi g'alabasi 2014-15 yilgi mavsumda qayd etilgan.

"Bavariya" esa 6 marta yirik yevrokubok chempioni bo'lgan bo'lib, so'nggi bor 2019-20 yilgi mavsumda g'oliblikni qo'lga kiritgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Uli Xyoness: "Barselona o'rnak klub emas"