date

Kurtua qachon maydonga qaytadi?


“Real” jamoasining asosiy darvozaboni Tibo Kurtua oshqozon muammolari tufayli Chempionlar Ligasi doirasida “Olimpiakos”ga qarshi oʻyinda maydonga tusha olmaydi. Uning oʻrnini ehtimoliy tarzda Andrey Lunin egallashi kutilmoqda.

Jurnalist Arancha Rodrigesning ijtimoiy tarmoqlardagi xabariga koʻra, “Real” rahbariyati Kurtuaning La Liga doirasidagi navbatdagi oʻyinga tiklanishini kutmoqda. 30-noyabr kuni Xabi Alonso boshchiligidagi jamoa safarda “Jirona”ga qarshi maydonga tushadi.

Ayni paytda “Real” Ispaniya chempionatida peshqadamlik qilmoqda, ammo “Barselona” Madrid klubidan bor-yoʻgʻi bitta ochko orqada (32 va 31 ochko). Eslatib oʻtamiz, oʻtgan dam olish kunlari “Real” “Elche” bilan 2:2 hisobida durang oʻynagan edi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Kurtua qachon maydonga qaytadi?