
Soʻnggi haftalarda Harri Keynning "Barselona"ga oʻtishi haqida koʻplab xabarlar tarqalgan edi. Angliyalik hujumchi kataloniyaliklar safida Robert Levandovskini almashtirishi mumkinligi aytilgandi.
Biroq, Transfer News Live nashri Sport Bildga asoslanib xabar berishicha, "Barselona"ning Keynni qoʻlga kiritish urinishlari muvaffaqiyatsizlikka uchragan. 32 yoshli forvard "Bavariya"da qolishga qaror qilgan.
Bunga uning klubdagi barqaror oʻrni, yaxshi sport formasi va jamoaning umumiy holati sabab boʻlgan. Harri Keynning "Bavariya" bilan amaldagi shartnomasi 2026/2027-yilgi mavsum oxirigacha moʻljallangan.
Joriy mavsumda Keyn 18 oʻyinda maydonga tushib, 24 ta gol urishga muvaffaq boʻldi. Transfermarkt portali futbolchini 75 million yevro qiymatida baholamoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.