
Italiyaning "Milan" klubi joriy mavsumda yevrokuboklarda ishtirok etmayapti. Mutaxassislarning fikricha, bu jamoa uchun Italiya chempionligi yoʻlidagi kurashda muhim ustunlik boʻlishi mumkin.
Biroq klubning sobiq himoyachisi, braziliyalik Kafu "Milan"ni bu imkoniyatdan hoziroq foydalanishga chaqirdi. "Milanning bunday ustunligi bor, bu haqiqat.
Lekin undan hoziroq foydalanish kerak, keyin emas. Chunki keyinchalik boshqa klublar ham yevrokuboklardan chiqib ketishi mumkin, albatta, men bunga hech bir jamoaga tilakdosh emasman.
Ammo bu holatda ‘Milan’ning ustunligi yoʻqoladi", – dedi Kafu pianetamilan.it nashriga bergan intervyusida. Taʼkidlash joizki, "Milan" oxirgi marta Italiya chempioni unvonini 2022 yilda qoʻlga kiritgan edi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.