
PSJ bosh murabbiyi Luis Enrike Vitinyaning "Oltin to'p" uchun kurashdagi imkoniyatlari haqida fikr bildirdi. Portugaliyalik futbolchi joriy yilda mukofotga daʼvogar sifatida koʻrilgan edi, ammo ovoz berish natijalariga koʻra, u jamoadoshi Usmon Dembele va "Barselona"dan Lamin Yamal ortidan uchinchi oʻrinni egalladi.
Chorshanba kuni Vitinya Chempionlar ligasi doirasida "Tottenxem"ga qarshi oʻyinda xet-trik qayd etdi (5:3). Bu natijadan soʻng jurnalistlar parijliklar murabbiyidan yarim himoyachining 2026-yilda "Oltin toʻp"ni qoʻlga kiritish imkoniyati haqida soʻrashdi.
Luis Enrike shunday deya javob berdi: "Vitinya - keyingi "Oltin toʻp" sohibimi? Men bunga umid qilaman.
Bugun u ajoyib oʻyin koʻrsatdi". Oʻz navbatida, 25 yoshli futbolchi intervyusida Chempionlar ligasida xet-trik qayd etishni hatto orzu qilmaganini tan oldi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.