date
add favorites

Javohir Sindarovga faxriy unvon va uch xonali uy berildi

Javohir Sindarovga faxriy unvon va uch xonali uy berildi

O‘zbekistonda shaxmat sportini yangi bosqichga olib chiqqan yosh iste’dod — Javohir Sanjarbekovich Sindarov yana bir ulkan e’tirofga sazovor bo‘ldi. Prezident farmoniga asosan, xalqaro musobaqalarda ko‘rsatgan yuksak mahorat va ahamiyatli yutuqlari uchun unga «O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sportchi» faxriy unvoni taqdim etildi.

Bu yuksak e’tirofning davomi sifatida yana bir muhim yangilik – jahon miqyosida munosib g‘alaba qozongan Sindarovga Prezident tomonidan zamonaviy, shart-sharoitlari keng uch xonali xonadon ham sovg‘a qilinadi. Uning mehnatidan xabardor va muvaffaqiyatida ulkan hissaga ega bo‘lgan murabbiylari esa pul mukofotlari bilan rag‘batlantirilishi belgilandi.

Ma’lumki, Javohir Sindarov yaqinda Hindistonning Goa shahrida o‘tgan Jahon kubogi finalida xitoylik Vey Yiga qarshi yuqori darajada o‘yin namoyish qilib, tay-breykda 1,5 : 0,5 hisobida zafar quchdi va yosh bo‘lishiga qaramay, jahon kubogi g‘olibiga aylandi. Bu yutuq nafaqat O‘zbekiston shaxmat maktabining kuch-qudratini, balki yoshlarimizning irodasi, texnikasi va tafakkuri qay darajada rivojlanganini yana bir bor isbotladi.

Sindarovning bu muvaffaqiyati mamlakat yoshlari uchun katta ruhiy kuch, yangi maqsadlar sari ilhom va milliy sportning xalqaro maydondagi nufuzini yanada oshirishga xizmat qiladi.

Shubhasiz, shaxmat olamidagi bu tarixiy g‘alaba yana ko‘p yillar davomida yodda qoladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Javohir Sindarovga faxriy unvon va uch xonali uy berildi