date

Vinisius kelajagi bo'yicha qarorini o'zgartirdi

Vinisius kelajagi bo'yicha qarorini o'zgartirdi
Madridning "Real" klubi hujumchisi Vinisius Junior kelajagi bo'yicha qarorini o'zgartirdi. Braziliyalik futbolchi shartnomasini uzaytirish uchun maosh bo'yicha talablarini yumshatdi.

Mundo Deportivo xabariga ko'ra, avvalroq Vinisius yillik 30 million yevro talab qilgan, hozir esa 25 yoshli futbolchi ancha past shartlarga rozi bo'lishga tayyor. Vinisiusning qaroriga to'rtta sabab ta'sir ko'rsatgan: o'yin formasining pasayishi, top-klublardan real takliflarning yo'qligi, "Real" o'sish va "Oltin to'p"ni qo'lga kiritish uchun eng yaxshi joy ekanligini tushunishi, shuningdek, Xabi Alonso bilan taranglikning pasayishi.

Vinisius Juniorning amaldagi shartnomasi 2027 yilning o'rtasigacha mo'ljallangan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Vinisius kelajagi bo'yicha qarorini o'zgartirdi