
Yevropa futbolida Chempionlar Ligasi guruh bosqichining beshinchi tur uchrashuvlari boʻlib oʻtdi. Milanning "Inter" klubi Madridga safar qildi va mahalliy "Atletiko" jamoasiga 1:2 hisobida magʻlub boʻldi.
Ushbu oʻyin Italiya klubining sardori, argentinalik hujumchi Lautaro Martines uchun Chempionlar Ligasidagi 62-uchrashuv boʻldi. Shu koʻrsatkich bilan u "Inter" safida Esteban Kambyassoga yetib oldi, chunki Kambyassoning ham hisobida 62 oʻyin bor.
Endi faqat birgina argentinalik futbolchi - Xavyer Zanetti undan oldinda turibdi. Zanetti "Inter" safida Chempionlar Ligasida 97 uchrashuv oʻtkazgan.
Eslatib oʻtamiz, Lautaro Martines 2018 yildan buyon Milan klubida toʻp surib kelmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.