date

Shesni: "Barselona" uchun tekin oʻynadim


Barselona darvozaboni Voytsex Shesni klub bilan moliyaviy hamkorlik shartlarini oshkor qildi. Oʻtgan yilning oktyabr oyida kataloniyalik grand faoliyatini yakunlagan polyak darvozabonni futboldan qaytishga undadi.

Yanvar oyida esa tajribali darvozabon Inyaki Penya bilan raqobatda gʻalaba qozonib, "koʻk-anorranglilar"ning asosiy darvozaboniga aylandi. "Barselonadagi ilk mavsumimda men tekin oʻynadim.

Klubdan aynan shuncha mablagʻ oldim, bu summa "Yuventus" bilan shartnomani muddatidan oldin bekor qilish uchun toʻlangan summa edi", – deya tan oldi 35 yoshli futbolchi Barca Universal manbasiga bergan intervyusida. Iyul oyida Shesni "Barselona" bilan 2027 yilgacha moʻljallangan yangi shartnoma imzoladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Shesni: "Barselona" uchun tekin oʻynadim