date

Toppmyoller: Ikkinchi gol bizni o'yindan chiqarib qo'ydi


Frankfurtning "Ayntraxt" jamoasi bosh murabbiyi Dino Toppmyoller Chempionlar ligasi 5-turi doirasida "Atalanta"ga qarshi kechgan o'yindan keyin o'z fikrlarini bildirdi. Nemis klubi va italiyaliklar o'rtasidagi uchrashuv 0:3 hisobida yakunlandi.

"Biz birinchi bo'limda yomon o'ynamadik, Fares va Mario uchun imkoniyatlar yaratdik. Agar shu darajadagi o'yinlarda g'alaba qozonishni istasak, bunday imkoniyatlarni golga aylantirishimiz kerak.

O'yin "Atalanta"ning ikki marta ketma-ket to'pni ustunga urganidan keyin o'zgarib ketdi – shundan so'ng ular kuchayib ketishdi. Shunga qaramay, tanaffusda biz hali ham g'alaba qozonishimiz mumkinligiga ishonar edik", – deydi murabbiy klubning rasmiy saytiga bergan intervyusida.

"Ularning ikkinchi goli bizni o'yindan chiqarib qo'ydi, shundan keyin biz to'g'ri javob topa olmadik. Ikkinchi bo'limda bizga so'nggi zarracha motivatsiya yetishmadi.

Birinchi gol oldidan sodir bo'lgan kabi to'p yo'qotishlar bu darajada jiddiy oqibatlarga olib keladi". Ushbu uchrashuvdan so'ng "Ayntraxt" 4 ochko bilan 28-o'rinda joylashgan bo'lsa, "Atalanta" 10 ochko bilan 10-o'rinda bormoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Toppmyoller: Ikkinchi gol bizni o'yindan chiqarib qo'ydi