
Belgiya klubi "Briugge" bosh murabbiyi Niki Xayen Chempionlar ligasi 5-turida Lissabonning "Sporting" jamoasiga qarshi o'yin yakunlari bo'yicha fikr bildirdi. Uchrashuvda portugaliyaliklar 3:0 hisobida g'alaba qozonishdi.
"Murakkab o'yin bo'lishini bilardik, ba'zi daqiqalarda aziyat chekishimizga to'g'ri kelishini ham tushungandik. Ammo ikkinchi bo'limda maydonga yuqori pressing va faol harakat bilan qaytdik.
Bu aslida birinchi bo'lim uchun ham rejamiz edi, lekin uni muvaffaqiyatli amalga oshira olmadik. Xatolarga yo'l qo'ydik, bu esa "Sporting"ga ikkita oson gol urish imkonini berdi.
Raqibga juda ko'p bo'sh hudud qoldirdik, bu esa ustida ishlashimiz kerak bo'lgan jihat", – dedi Xayen O Jogo nashriga. "Darvozabonning Blopa bilan to'qnashuvdan keyingi ahvoli qanday?
U kasalxonaga olib ketildi, u yerda tekshiruvdan o'tkaziladi. Ko'krak qismiga kuchli zarba tekkan, dastlabki soniyalarda uning holati yaxshi emas edi".
To'qnashuv o'yinning so'nggi soniyalarida yuz berdi. To'rtinchi golni urishga intilgan Blopa ushbu holat uchun uzr so'radi va unda yomon niyat bo'lmaganini ta'kidladi.
Mazkur o'yindan so'ng "Sporting" 10 ochko bilan 8-o'rinni egallab turibdi, "Briugge" esa to'plagan 4 ochkosi bilan 26-o'rinda joylashgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.