
“Liverpul” afsonasi Stiven Jerrard Arne Slot boshchiligidagi jamoaning muvaffaqiyatsiz davri haqida fikr bildirdi. So‘nggi uchrashuvda mersisaydliklar o‘z maydonida Gollandiyaning PSV jamoasidan 1:4 hisobida mag‘lub bo‘ldilar.
"Har bir shunday mag‘lubiyatdan so‘ng jamoa inqirozda deb aytish mumkin. Ammo men bu so‘zni yoqtirmayman.
Mening nazarimda, klub inqirozda deyilishi uchun jamoa bir necha yil yuqori natijalarni qo‘lga kirita olmasligi kerak. “Liverpul” esa bunday holatdan juda yiroqda.
Lekin tan olish kerak, jamoada muammolar bor. Hozirgi holat juda og‘ir", – deydi Jerrard This is Anfield nashriga bergan intervyusida.
Angliya chempionatining 12-turidan so‘ng “qizillar” 18 ochko to‘plab, jadvalda 9-o‘rinni egallab turibdi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.