date

Serxio Ramos Yevropa futboliga qaytadi


Himoyachi Serxio Ramos fevral oyidan beri Meksikaning “Monterrey” jamoasida toʻp surmoqda. 39 yoshli futbolchining shartnomasi dekabr oyining oxirgi kunida yakunlanadi va, ehtimol, uzaytirilmaydi.

Goal portali El Chiringuito dasturi va AS nashriga tayanib xabar berishicha, Ramos Yevropaga qaytishni rejalashtirmoqda. U bunga oilaviy sabablari va jahon chempionati arafasida Ispaniya terma jamoasiga qaytish istagi sabab boʻlmoqda.

Serxio Ramos uchun ehtimoliy jamoalar sifatida Italiya “Roma”si, Germaniya “Bayer”i va Fransiya “Marsel”i nomi tilga olinmoqda. Mart oyida Ramos 40 yoshni qarshilaydi.

Transfermarkt portali futbolchining qiymatini 1 million yevro deb baholamoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Serxio Ramos Yevropa futboliga qaytadi