
"Liverpul" bosh murabbiyi Arne Slot qoniqarsiz natijalar tufayli ishidan ayrilishi mumkin. Yaqinda 'qizillar' Chempionlar ligasi doirasida o'z maydonida PSVga 1:4 hisobida mag'lub bo'ldi.
Bu Angliya klubi uchun ketma-ket uchinchi yirik mag'lubiyat hisoblanadi. De Telegraaf nashri xabariga ko'ra, agar klub rahbariyati murabbiyni yaqin kunlarda iste'foga chiqarsa, "Liverpul" niderlandiyalik mutaxassisga taxminan 10 million funt sterling (qariyb 11,5 million yevro) to'lashiga to'g'ri keladi.
Arne Slot jamoani 2024 yil yozida Yurgen Klopp o'rniga boshqara boshlagan edi. Hozirda amaldagi Angliya chempionlari Premer-liga turnir jadvalida 12-tur yakuniga ko'ra atigi 12-o'rinni egallab turibdi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.