23:49 / 26.01.2017
5 466

«Real» safarda «Selta» bilan durang o‘ynadi va Ispaniya kubogidan chiqib ketdi

«Real» safarda «Selta» bilan durang o‘ynadi va Ispaniya kubogidan chiqib ketdi

Ispaniya Kubogi chorak final javob bahsidan o‘rin olgan «Selta» – «Real» Madrid uchrashuvi o‘z nihoyasiga etdi. Ushbu uchrashuvda tomonlar murosa yo‘lini tanladilar, ikki o‘yin natijasiga ko‘ra esa «Selta» keyingi bosqichga yo‘l oldi.

Birinchi bo‘lim yakunlanib borayotgan bir vaqtda Danilo o‘z darvozasini ishg‘ol qilib qo‘ydi. Uchrashuvning 62-daqiqasida Ronaldu hisobni tenglashtirishga muvaffaq bo‘lgan bo‘lsa, 85-daqiqada «Selta» vakili Vass jamoasini yana hisobda oldinga olib chiqdi.

Hakam tomonidan qo‘shib berilgan daqiqalarda Lukas Vaskes tomonidan kiritilgan gol madridlik futbolchilarni qutqarib qololmadi va «Selta» avvalgi uchrashuvdagi g‘alaba tufayli yarim finalga yo‘l oldi.

Ispaniya Kubogi

Chorak final, Javob uchrashuvi

Selta – Real Madrid 2:2 (1:0, 1:2)


Gollar: 1:0 – 44, avtogol Danilo, 1:1 – 62 Ronaldu, 2:1 – 85 Vass, 2:2 – 90 Vaskes.

Selta – Alvares, Malo, Kastro, Kabral, Ronkalya, Vass (Gomes, 88), Radoya, Dias, Bongonda, Aspas (Fontas, 90), Gvidetti (Xosabed, 84).

Real Madrid – Kasilya, Nacho, Ramos, Danilo, Kroos, Kovachich, Kazemiro (Dias, 89), Asensio (Vaskes, 76), Isko (Morata, 80), Benzema, Ronaldu.

Ogohlantirishlar: Malo (35), Vass (54), Kastro (72), Danilo (75).

Dastlabki uchrashuv: 2:1

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » «Real» safarda «Selta» bilan durang o‘ynadi va Ispaniya kubogidan chiqib ketdi