date

Karim Benzema: Saudiyada baxtliman

Karim Benzema: Saudiyada baxtliman
Fransiyalik hujumchi Karim Benzema Saudiya Arabistonida o'zini baxtli his qilmoqda va hozircha na mamlakatni, na u o'ynayotgan "Al-Ittihod" klubini tark etmoqchi emas. Uning so'zlariga ko'ra, u Saudiya Arabistonida ko'rsatilayotgan hurmat va e'tibordan zavq olmoqda.

"Hozircha bu yerda o'zimni baxtli his qilyapman. Atrofimdagi futbolchilar, muxlislar va murabbiylar tomonidan juda ko'p hurmat va e'tibor qabul qilmoqdaman.

Ha, mening shartnomam tugashiga yaqinlashmoqda, dekabrda 38 yoshga to'laman. Ammo hali bir-ikki yil futbol o'ynashga qodirman", - deydi Benzema derbyderbyderby.it nashriga bergan intervyusida.

Eslatib o'tamiz, Benzema bungacha Fransiyaning "Lion" va Madridning "Real" klublarida faoliyat yuritgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Karim Benzema: Saudiyada baxtliman