
"Loryan" va "Nissa" Fransiya chempionatining 14-turida oʻzaro bahs olib borishdi. Uchrashuvning dastlabki daqiqalaridayoq "Nissa" avtogol orqali hisobni ochishga muvaffaq boʻldi.
Biroq, mehmon jamoa hatto bir ochko bilan ham ortga qaytolmadi. "Loryan" ketma-ket uchta gol urib, gʻalabani qoʻlga kiritdi.
Kechaning haqiqiy qahramoni esa dubl muallifi Sambu Sumano boʻldi. "Loryan" 3:1 hisobida zafar quchib, Fransiya chempionatidagi yetti oʻyindan iborat gʻalabasiz seriyasini yakunladi.
Jamoa hozirda turnir jadvalida 15-oʻrinda bormoqda. "Nissa" uchun esa bu Liga 1 doirasidagi ketma-ket toʻrtinchi magʻlubiyat boʻldi.
Hozirda "Nissa" kuchli oʻnlikning oxirgi pogʻonasida joylashgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.