
Italiya A Seriyasining 13-turida "Roma" jamoasi o'z maydonida "Napoli"ga mag'lub bo'ldi. O'yindagi yagona golni David Neres urdi.
Ushbu golga olib kelgan hujum "Roma" futbolchisi Manu Kone va "Napoli" himoyachisi Amir Rahmoni o'rtasidagi ehtimoliy qo'pollik bilan boshlandi. Jurnalistlar fransiyalik futbolchi Konega ushbu vaziyat haqida fikrini so'rashdi.
"Menimcha, aloqaga yoʻl qoʻyildi, u meni urib o'tdi. Ammo hakam boshqa qarorga keldi.
O'ylaymanki, u VAR orqali vaziyatni ko'rib chiqishi kerak edi", - deya Konening so'zlarini keltiradi calcionapoli1926.it nashri. Endi "Roma" 14-turda Sardiniyada "Kalyari" jamoasiga qarshi to'p suradi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.