date

Karpin: Rossiya terma jamoasi tarkibi tayyor

Karpin: Rossiya terma jamoasi tarkibi tayyor
Rossiya terma jamoasi bosh murabbiyi Valeriy Karpin xalqaro maydonga qaytish holatida jamoaning asosiy tarkibi haqida savolga javob berdi. "Ha, tarkib menda bor.

Uni oshkor qilaymi? Nega?

Boshqa futbolchilar "men tarkibda emasman" deb o'ylashi uchunmi? Hammasi harakat qilsin, o'zini ko'rsatsin.

Lekin boshimda 11 futbolchi bor, agar ular yaxshi holatda bo'lsa," — dedi Karpin "RB Sport" nashriga. Eslatib o'tamiz, Rossiya terma jamoasi 2022-yilning fevral oyidan beri xalqaro musobaqalarda ishtirok etmayapti.

Karpin shogirdlari so'nggi rasmiy uchrashuvni 2021-yilning noyabr oyida Xorvatiyaga qarshi o'tkazib, 0:1 hisobida mag'lub bo'lgan edi. Bu o'yin Jahon chempionati — 2022 saralash bosqichi doirasida bo'lib o'tgan.

Rossiya terma jamoasining navbatdagi o'rtoqlik uchrashuvlari kelasi yilning mart oyida o'tkazilishi rejalashtirilgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Karpin: Rossiya terma jamoasi tarkibi tayyor