
Italiyaning "Milan" klubi yosh hujumchi izlayotgan boʻlib, Fransiya chempionatining eng istiqbolli futbolchilaridan biri boʻlgan Sidiki Sherifga qiziqish bildirmoqda. Bu haqda jurnalist va insayder Nikolo Skira xabar berdi.
Manbalarga koʻra, gap 18 yoshli hujumchi Sidiki Sherif haqida ketmoqda. U "Anje" jamoasi vakili boʻlib, "rossoneri" skautlari bu mavsum boshidan buyon uning oʻyinlarini kuzatib kelmoqda va uni kelajak uchun muhim transfer sifatida koʻrmoqda.
Sherifning "Anje" bilan shartnomasi 2028-yilning iyuniga qadar amal qiladi, bu esa klubni muzokaralarda kuchli pozitsiyada ushlab turadi. Joriy mavsumda bozor qiymati 2 million yevroga baholangan futbolchi Fransiya chempionatida 14 oʻyinda maydonga tushib, 3 ta gol urishga muvaffaq boʻldi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.