
Ispaniya chempionati doirasidagi "Xetafe" va "Elche" jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvda noodatiy holat yuz berdi. Mezbonlar hisobda oldinda borar ekan, vaqtni cho‘zishga urinib, to‘pni o‘yinga qaytarishni kechiktirishardi.
Ayniqsa, "Xetafe" bosh murabbiyi Xose Bordalasning yordamchilaridan biri bu borada haddan ziyod faol edi. 90-daqiqada esa bosh hakam sabr kosasi to‘lib, qizil kartochka ko‘rsatdi.
Ammo bu kartochka futbolchiga yoki Bordalasning o‘ziga emas, balki uning yordamchisiga berildi. Qizig‘i shundaki, o‘sha yordamchi – sobiq hakam Enrike Mexuto Gonsales bo‘lib, u bir vaqtlar 2004/2005-yilgi Chempionlar ligasi finalini boshqargan edi.
O‘sha mashhur finalda "Liverpul" 0:3 hisobidan qaytib, "Milan"ni mag‘lub etgan edi. Shu tariqa, hakam sobiq hakamni maydondan chetlashtirdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.