date

Aytana Bonmati jiddiy jarohat oldi

Aytana Bonmati jiddiy jarohat oldi
Sentyabr oyida Aytana Bonmati ketma-ket uchinchi yil "Oltin toʻp" sovrinini qoʻlga kiritgan edi. Biroq, endilikda ushbu yulduz futbolchi jarohat olgan.

27 yoshli Bonmati Ispaniya terma jamoasi mashgʻulotida kichik boldir suyagi singan. Natijada, Bonmati 2-dekabr, seshanba kuni Germaniyaga qarshi boʻlib oʻtadigan Millatlar ligasi finalining javob oʻyinida ishtirok eta olmaydi.

Mazkur bahsning birinchi uchrashuvi 0:0 hisobida yakunlangan edi. Jarohatdan soʻng, Aytana Bonmati qoʻshimcha tibbiy koʻrik va davolanish uchun oʻz klubiga qaytadi.

Tiklanish muddati esa jarrohlik aralashuvi zarur boʻlish-boʻlmasligiga bogʻliq, deb xabar bermoqda ESPN.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Aytana Bonmati jiddiy jarohat oldi