Vardi Dzola rekordini takrorladi


Italiya chempionatining 13-turidan o‘rin olgan so‘nggi uchrashuvda “Kremoneze” kutilmaganda safarda “Bolonya”ni mag‘lub etdi. Jamoaning asosiy yutug‘ini ingliz hujumchisi Jeymi Vardi ta’minladi — u ikki gol urdi.
Shu tariqa, Vardi 2004 yilda “Kalyari”ga qaytib, jamoasiga bir necha gol sovg‘a qilgan Janfranko Dzolaning muvaffaqiyatini takrorladi. Vardi 38 yosh va undan katta yoshda bo‘lib, Italiya A Seriyasiga endigina ko‘tarilgan jamoa safida uchta gol urgan ikkinchi futbolchiga aylandi.
“Kremoneze” navbatdagi o‘yinda chempionat doirasida “Lechche”ga qarshi maydonga tushadi.
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling






























Izohlar 0
…