
Dortmundning "Borussiya" jamoasi yarim himoyachisi Job Bellingem joriy yilning yanvar oyida klubni tark etishi mumkin. 20 yoshli futbolchi jamoaning asosiy tarkibida barqaror joyga ega emas, shu sababli u haqida boshqa klubga o‘tishi haqidagi mish-mishlar bir necha oydan beri davom etmoqda.
Mirror nashrining xabariga ko‘ra, iqtidorli angliyalik futbolchini Fransiyaning "Parij" klubi o‘z safiga qo‘shib olishga qiziqish bildirgan. "Borussiya" esa hozircha faqat ijara shartnomalari variantlarini ko‘rib chiqishga tayyor.
Avvalroq Job Bellingemning Angliyaga qaytishi mumkinligi haqida ham mish-mishlar tarqalgan edi. Nemis grandi ushbu futbolchini joriy yilning yozida "Sanderlend" klubidan 30 million yevrodan ortiq mablagʻ evaziga sotib olgan edi.
Transfermarkt portali ma’lumotiga ko‘ra, futbolchining hozirgi transfer qiymati 30 million yevro atrofida baholanmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.