
Aston Villa bosh murabbiyi Unai Emeri APLning oʻn toʻrtinchi turida boʻlib oʻtadigan Brayton bilan uchrashuv oldidan matbuotga oʻz fikrlarini bildirdi. Ushbu bahs 2-noyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 00:30 da boshlanadi.
"Ular bizdan atigi 2 ochko ortda. Ularning oʻz maydonidagi oʻyini, ochkolarni qanday qoʻlga kiritayotgani...
U yerda gʻalaba qozonish juda qiyin. Ular fantastik oʻyin koʻrsatmoqda," - dedi Emeri BBCga bergan intervyusida.
Emeridan hozirda asosiy hujumchi Doniyel Malenmi yoki Olliver Uotkinsmi, deb soʻralganda, u quyidagicha javob berdi: "Ikkalasi ham juda yaxshi oʻyinchilar va men ularning ikkalasidan ham foydalanaman. Uotkins mening toʻliq ishonchimga ega.
U har doim oʻz vazifasini bajaradi. Balki hozirda u oʻz odatiy oʻyin darajasida emasdir, chunki gol urmayapti, ammo u hech qachon maqsadidan voz kechmaydi.
Gollar albatta keladi." Emeri shuningdek, ushbu oʻyin jamoasining barqarorligini sinovdan oʻtkazishini va bu mavsumdan keyingi umidlarni oqilona baholash imkonini berishini ta'kidladi. Aston Villa hozirda 24 ochko bilan toʻrtinchi oʻrinda, Brayton esa 22 ochko bilan beshinchi pogʻonada bormoqda.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.