
Sobiq "Milan" hujumchisi Antonio Kassano jamoaning hozirgi o'yin sifati va Massimiliano Allegri faoliyati yuzasidan o'zining keskin fikrlarini bildirdi. Kassano fikricha, "rossoneri"ning bugungi futboldagi uslubi na klub darajasiga, na uning tarixiy an'analariga mos keladi.
U Allegri va Joze Mourinoni solishtirib, har ikkala murabbiy vaqt o'tishi bilan o'z dolzarbligini yo'qotayotganini ta'kidladi. "Men bir vaqtlar Mourino o'z mavqeini yo'qotadi va ikkinchi darajaga tushib qoladi, deb aytgan edim.
Ishonchim komil, xuddi shu narsa Allegri bilan ham sodir bo'ladi. 2025-yilda "Milan" shunday oddiy futbol ko'rsatayotganiga ishonish qiyin.
Bu klub go'zallik, uslub va mahorat bilan bog'langan. Lekin hozir-chi?
Jamoa o'z darvozasi oldida turadi, chuqurlik yaratmaydi, keyin esa faqat qarshi hujumga o'tib, gol uradi", - dedi Kassano Milan News nashriga. Joriy mavsumda "Milan" 28 ochko to'plab, A Seriya turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.