Real Trentni uzoq muddatga yoʻqotdi

Real Trentni uzoq muddatga yoʻqotdi
Madridning "Real" klubi himoyachisi Trent Aleksander-Arnoldning jarohati jiddiy boʻlib chiqdi. Chorshanba kuni ingliz futbolchisi "Atletik Bilbao"ga qarshi oʻyinda (3:0) start tarkibda maydonga tushdi.

U 7-daqiqada Kilian Mbappening goliga assistentlik qildi, biroq 55-daqiqada jarohat sabab maydonni tark etishga majbur boʻldi. Jurnalist Xose Luis Sanchesning xabariga koʻra, 27 yoshli futbolchining jarohati juda jiddiy boʻlib, u katta ehtimol bilan yil oxirigacha maydonga tusha olmaydi.

Trent Aleksander-Arnold iyun oyida "Real"ga oʻtgan edi. Joriy mavsumda madridliklarning yangi yulduz futbolchisi 11 ta oʻyinda ishtirok etib, bitta golli uzatmaga mualliflik qilgan.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar