date

PSJ ekranidagi noodatiy tarkib: raqiblar uchun tuzoq bo‘ldimi?

PSJ ekranidagi noodatiy tarkib: raqiblar uchun tuzoq bo‘ldimi?
Parij Sen-Jarmen mashg‘ulot maydonida kutilmagan holat kuzatildi. Klubning ulkan ekranida jamoaning to‘liq tarkibi va taktik ko‘rsatmalari ochiq tarzda namoyish etildi. Bu texnik xatolik emasligi, balki jarayon ataylab tashkil qilingandek ko‘ringani e’tiborni tortdi.

Ekranda ko‘rinib turgan tarkib esa ancha g‘ayrioddiy edi. Usmon Dembele tayanch yarim himoyachisi sifatida, Fabian Ruiz esa hujumchi sifatida ko‘rsatilgan. Shuningdek, yana bir nechta noodatiy joylashuvlar tasvirda aks etib, vaziyatni yanada qiziqarli qildi.

Mutaxassislar fikricha, bu holat bosh murabbiy Luis Enrikenning raqiblarni psixologik jihatdan chalg‘itish usuli bo‘lishi mumkin. Raqib jamoalarga ataylab noto‘g‘ri taktik joylashuvni ko‘rsatish orqali ularni tayyorgarlik jarayonida adashtirish maqsad qilingan bo‘lishi ehtimoldan xoli emas.

Agar bu usul aynan chalg‘itish uchun qo‘llangan bo‘lsa, u holda Enrike maqsadiga erishgan ko‘rinadi. Voqea tezda muhokamalarga sabab bo‘ldi va PSJning navbatdagi o‘yiniga oid qiziqishni yanada oshirdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » PSJ ekranidagi noodatiy tarkib: raqiblar uchun tuzoq bo‘ldimi?