
Marsel jamoasi bosh murabbiyi, italiyalik mutaxassis Roberto de Dzerbi Chempionlar Ligasida muvaffaqiyatga erishishni xohlayotganini ma'lum qildi. U buni aynan hozirgi jamoasi bilan amalga oshirishni reja qilmoqda va bu klub bilan uzoq muddatli hamkorlikni maqsad qilganini ta'kidladi.
"Oʻzimni bu yerda uzoq muddatli loyihaning bir qismi sifatida tasavvur qilaman. Kamida uch yilga moʻljallangan rejalarim bor.
Chempionlar Ligasida oxirigacha yetib borishni xohlayman. Nega biz buni orzu qilolmaymiz?
Agar PSJ bunga erishgan boʻlsa, biz ham uddalay olamiz. Yanvar oyida biz uchun muhim oʻyinlar boʻladi va koʻp narsa oʻshanda hal boʻladi", dedi De Dzerbi derbyderbyderby.it nashriga.
Eslatib oʻtamiz, Marsel klubi 1993-yilda Bernard Tapi davrida Chempionlar Ligasida gʻolib chiqqan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.