date

Otabek Jo‘rayev: Jahon chempionatida O‘zbekiston syurpriz qilishga qodir

Otabek Jo‘rayev: Jahon chempionatida O‘zbekiston syurpriz qilishga qodir

Bugun futbol olami e’tibori 2026 yilgi Jahon chempionati qur’asiga qaratilgan. Bu miqyosi va nufuzi jihatidan tengi yo‘q musobaqada ilk bor ishtirok etuvchi O‘zbekiston milliy terma jamoasi muxlislar qalbini hayajonga solmoqda. Sports.uz shu munosabat bilan taniqli sharhlovchi Otabek Jo‘rayev bilan qisqa, ammo mazmunli suhbat tashkil qildi.

Otabek Jo‘rayevning fikriga ko‘ra, guruh bosqichida qaysi raqiblar bilan to‘qnash kelishni hozirdan aniq aytish deyarli imkonsiz. Chunki har bir savatda 12 ta jamoa bor va to‘g‘ri kombinatsiyani topish ehtimoli juda past. Shunga qaramay, u o‘zining orzu-guruhini ham aytdi.

Uning ta’kidlashicha, to‘rtinchi savatdan nisbatan zaif jamoa tushsa, bizning jamoa uchun katta qulaylik yaratadi. Jumladan, Kyuraso kabi raqib bilan ilk turlarda o‘ynash juda ishonchli boshlanish bo‘lar edi. Ikkinchi savatdan o‘rta darajadagi, o‘yini barqaror jamoa tushishi maqbul. Birinchi savatdan esa aksincha — o‘ta kuchli raqib, masalan, Argentina bilan bellashishni u havas bilan qo‘shimcha qildi. Unga ko‘ra, amaldagi jahon chempioni bilan so‘nggi turda to‘qnash kelish — futbolchilarimiz uchun beqiyos tajriba va muxlislar uchun katta bayram bo‘ladi. Chunki ushbu bosqichga kelguncha raqib jamoa guruhdan chiqishni ta’minlab bo‘lgan bo‘ladi.

Suhbat davomida sharhlovchi O‘zbekistonning guruhdan chiqish imkoniyatlariga ham to‘xtaldi. U ishonch bilan “In shaa Alloh, guruhdan chiqamiz”, deya ta’kidlab, taxminan uchinchi o‘rin bilan pley-off bosqichiga yo‘l olishimiz mumkinligini qayd etdi. Keyingi bosqichdagi natija esa bevosita raqibning darajasiga bog‘liq bo‘ladi.

Shuningdek, Otabek Jo‘rayev Jahon chempionatidan keyin qanday futbolchilar katta sahnaga ko‘tarilishi mumkinligi borasida ham o‘z fikrlarini bildirdi. Avvalo, Eldor Shomurodov yana top-5 ligalaridan biriga qaytishi ehtimoli yuqori ekani aytildi. Shu bilan birga, Hojiakbar Alijonov va Husniddin Aliqulovga ham jiddiy qiziqish bo‘lishi mumkin. Uchinchi qatlamda esa Abbosbek Fayzullayev va Hojimat Erkinovning ham katta imkoniyatlari borligi ta’kidlandi.

Shu tariqa, Jahon chempionati oldidan O‘zbekiston futboli atrofidagi qiziqish yanada ortayotgani, muxlislar esa har qachongidan kuproq ishonch va umid bilan termamizni qo‘llab-quvvatlayotgani sezilib turibdi. 2026-yil — yana bir tarixiy sahifa yozilishini kutyapti.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Otabek Jo‘rayev: Jahon chempionatida O‘zbekiston syurpriz qilishga qodir