Toʻrt klub Levandovskini qoʻlga kiritmoqchi

Kataloniyaning "Barselona" klubi hujumchisi, yulduz futbolchi Robert Levandovski kelasi yil yozida Ispaniya chempionatini tark etishi mumkin. Bu haqda Mundo Deportivo nashri xabar berdi.
Manbaga koʻra, 37 yoshli hujumchiga Saudiya Arabistonidan bir nechta takliflar kelib tushgan. "Al-Nasr", "Al-Hilol", "Al-Ittihod" va "Al-Ahli" klublari Levandovskini oʻz safiga qoʻshib olishga qiziqish bildirmoqda.
Eslatib oʻtamiz, Robertning "Barselona" bilan amaldagi shartnomasi atigi yarim yil muddatga amal qiladi. Joriy mavsumda polshalik futbolchi kataloniyaliklar safida 16 ta oʻyinda maydonga tushib, 8 ta gol urdi va 1 ta golli uzatma amalga oshirdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing