date

Pike JCH-2026 favoriti haqida gapirdi


Ispaniya terma jamoasi va "Barselona"ning sobiq futbolchisi Xerard Pike 2026-yilgi Jahon chempionati haqida fikr bildirdi. Sobiq himoyachi Shimoliy Amerikada boʻlib oʻtadigan musobaqaning favoritini eʼlon qildi.

"Hozirgi paytda frantsuzlar eng iqtidorli terma jamoaga ega, deb hisoblayman. Agar qogʻozda qarasak, ularda eng kuchli futbolchilar toʻplangan.

Lekin futbol faqat yulduz futbolchilar bilan emas, balki jamoaviy oʻyin bilan yutib olinadi. Birlashgan va yaxlit jamoa hatto musobaqaning asosiy favoritini ham magʻlub eta oladi", – dedi ispaniyalik futbolchi RMC Sport nashriga bergan intervyusida.

Jahon chempionati kelasi yil yozda oʻtkaziladi. Amaldagi chempion – Argentina terma jamoasi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Pike JCH-2026 favoriti haqida gapirdi