
Manchester Yunayted sobiq futbolchisi Gari Nevill jamoaning navbatdagi muvaffaqiyatsizlikdan soʻng oʻyinini keskin tanqid qildi. APLning oʻn toʻrtinchi turida Ruben Amorim boshchiligidagi MYU "Vest Xem" bilan durang oʻynadi (1:1).
Nevill jamoaning oʻyinidan hafsalasi pir boʻlganini yashirmadi. "Men buni tushunolmayapman.
Javobsiz oʻyin va intensivlikning yoʻqligini tushunmayman. Sekin oʻyin va xavfga bormaslikni ham tushunmayman", - deya uning soʻzlarini keltiradi Sky Sports.
"Amorim bizga oʻyinning boshidanoq yuqori intensivlikni xohlaganini aytdi. Ammo bu maydonda aks etmayapti.
Nega bunday boʻlyapti? Men buni tushunolmayapman.
Men jamoada haqiqiy ishtiyoq, oldinga intilish va oʻzini oʻyinga bagʻishlashni koʻrmayapman. Ular oʻzlarini koʻrsatishyapti - bu liga yettinchi, sakkizinchi yoki toʻqqizinchi oʻrindagi jamoa darajasida", - dedi Nevill.
Ushbu uchrashuvdan soʻng MYU 22 ochko bilan sakkizinchi oʻrinda, "Vest Xem" esa 12 ochko bilan oʻn sakkizinchi oʻrinda bormoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.