
Ispaniya terma jamoasi va "Valensiya"ning sobiq darvozaboni Santyago Kanisares Madridning "Real" klubi darvozaboni, belgiyalik Thibo Kurtua haqida o'z fikrini bildirdi. "Thibo men ko'rgan eng yaxshi darvozabon.
Bunga hech qanday shubham yo'q. Mening fikrimcha, Kurtua ajoyib sifatlarga ega bo'lgan eng yaxshi posbonlardan biri.
Agar hujumchilardan gapiradigan bo'lsam, Krishtianu Ronaldu, Messi, Maradona, Mbappe va Ronaldu kabi futbolchilarni tilga olishim mumkin", - dedi Kanisares Mundo Deportivo nashriga. 33 yoshli belgiyalik futbolchi "qirollik" klubiga 2018 yilning yozida qo'shilgan edi.
Kurtua va "Real" o'rtasidagi amaldagi shartnoma 2027 yilning iyun oyida yakuniga yetadi. Uning transfer qiymati hozirda 20 million yevroga baholanmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.