UEFA Ukrainani jazoladi

UEFA Ukrainani jazoladi
UEFA Ukrainani, aniqroq aytganda, Ukraina Futbol Assotsiatsiyasini (UFA) jazoladi. UEFA qaroriga binoan, ukrainaliklar 19 ming yevro miqdorida jarima toʻlaydi: 10 ming yevro muxlislarning maydonga chiqib ketgani uchun, 9 ming yevro esa tribunada pirotexnika ishlatilgani uchun.

Ushbu qoidabuzarliklar joriy yilgi Jahon chempionati – 2026 saralash bosqichidagi Islandiyaga qarshi oʻyinda sodir boʻldi. Shuningdek, UEFA Ukraina muxlislarining Rossiya haqida boʻlgan banneriga oid ishni ham koʻrib chiqdi.

Ushbu banner Yevro-2024 saralash bosqichidagi Bosniya va Gertsegovinaga qarshi oʻyinda tribunada payqalgandi. UEFA banner mazmunini siyosiy va provokatsion deb topdi.

Bu qoidabuzarlik uchun UFA 15 ming yevro jarimaga tortildi.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar