date

Infantino: Futbol insoniyatni baxtli qiladi


2026-yilgi Jahon Chempionati qur'a tashlash marosimi Vashingtonda bo'lib o'tar ekan, FIFA prezidenti Janni Infantino futbolning insonlar hayotidagi ahamiyati haqida yorqin bayonot berdi. Tashkilot rahbari futbolni millionlab muxlislarni birlashtiruvchi umumiy hissiyotlar tili sifatida ta'riflab, FIFA orqali dunyoga quvonch va birdamlik tuyg'usini ulashayotganini ta'kidladi.

Infantino kelayotgan Jahon Chempionatini nafaqat sport, balki madaniy jihatdan ham tarixdagi eng keng ko'lamli va muhim voqea sifatida ko'rsatdi, bu musobaqa davrida butun dunyoni birlashtirishga qodir bo'lishini aytdi. "FIFA 100 yildan beri insoniyat uchun rasmiy baxt yetkazib beruvchi tashkilot bo'lib kelmoqda.

Bu tarixdagi eng ulug'vor Jahon Chempionati, eng katta turnir bo'ladi", - dedi Infantino. 2026-yilgi Jahon Chempionati 11-iyundan 19-iyulgacha davom etadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Infantino: Futbol insoniyatni baxtli qiladi