date

Dossena: Konte Napolini inqirozdan olib chiqdi


Italiyaning "Napoli" klubining sobiq futbolchisi Andrea Dossena neapolliklarning inqirozdan chiqib, Italiya chempioniga mos natijalarni qayd etayotganidan mamnun ekanini bildirdi. U buni klub bosh murabbiyi Antonio Kontening xizmatlari deb hisoblaydi.

"Napoliga yana entuziazm qaytdi. Klubda Neres va Lang kabi ajoyib qanot hujumchilari bor.

Murakkab shubhalar davridan soʻng jamoa oʻz holatiga qaytdi. Konte yana bir bor oʻzini yetakchi sifatida koʻrsatdi.

U klubni inqirozdan olib chiqdi", - dedi Dossena derbyderbyderby.it nashriga bergan intervyusida. Eslatib oʻtamiz, Andrea Dossena "Napoli" safida 2010 yildan 2013 yilgacha oʻynagan.

A Seriyaning navbatdagi turida neapolliklar Turin shahri vakillari "Yuventus"ga qarshi maydonga tushadi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Dossena: Konte Napolini inqirozdan olib chiqdi