date

Jahon chempionatida ochilish o'yini takrorlanadi


Meksika va Janubiy Afrika terma jamoalari 2026-yilgi Jahon chempionati ochilish uchrashuvida maydonga tushadi. Uchrashuv 11-iyun kuni "Azteka" stadionida bo'lib o'tadi.

Qiziqarli jihati shundaki, ushbu jamoalar 2010-yilgi mundialning ochilish o'yinida ham uchrashgan edi. O'shanda Janubiy Afrika mezbon sifatida qatnashgan va o'yin 1:1 hisobida durang bilan yakunlangan edi.

Bu tarixda ilk bor ochilish o'yini takrorlanishi bo'ladi. A guruhiga shuningdek, Janubiy Koreya terma jamoasi ham tushgan.

To'rtinchi jamoa esa Yevropa pley-off o'yinlari natijasiga ko'ra aniqlanadi: bu Daniya, Shimoliy Makedoniya, Chexiya yoki Irlandiya bo'lishi mumkin. 2026-yilgi Jahon chempionati Meksika, AQSh va Kanada mezbonligida 11-iyun - 19-iyul kunlari o'tkaziladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Jahon chempionatida ochilish o'yini takrorlanadi