O‘tgan mavsumda «Paxtakor» safida yorqin o‘yinlar namoyish etib, jamoa etakchisiga aylangan va terma jamoadan chaqiruv olgan yosh futbolchi Jaloliddin Masharipov yangi mavsumni Toshkentning boshqa jamoasida o‘tkazadi, deb yozmoqda Kun.uz sayti.
O‘tgan mavsum chempioni «Lokomotiv» ushbu futbolchini ijaraga olgan. Bunda chempion jamoaning Osiyo Chempionlar ligasining guruh bosqichida ishtirok etishi muhim rolni bajargan va yosh futbolchi endilikda xalqaro maydonda o‘zini ko‘rsatishi mumkin bo‘ladi.
«Paxtakor» tarbiyalanuvchisi sanalgan Jaloliddin Masharipov «Lokomotiv»ga 6 oyga ijaraga berildi. Hozirgacha u jamoamiz uchun oliy ligada 64 uchrashuvda ishtirok etib, 10 gol muallifiga aylangandi. Shuningdek, «Paxtakor» uchun ichki kuboklarda 16 bahsda 1 to‘p kiritgan bo‘lsa, Chempionlar ligasida 12 bahsda 1 gol muallifi bo‘lgan», deyilgan jamoa rasmiy sayti xabarida.
Ma’lumot uchun, yarim himoyachi chizig‘i vakili bo‘lgan bu futbolchining «Paxtakor» bilan amalda bo‘lgan 2 yillik shartnomasi mavjud. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
Qashqadaryoda erkak ayoli va chaqalog‘ini o‘ldirib, so‘ng o‘z joniga qasd qildi
Bayden hozircha Ukrainani NATOga taklif etishga chaqirmaslikka qaror qildi
Oq uy Ukrainaga Rossiya hududiga ATACMS raketalarini qo‘llashga ruxsat berganini tasdiqladi
Sharmandali mag‘lubiyatdan keyin murabbiy futbolchilarni qamab qo‘ydi
Gavining qilig‘i Flikka yoqmadi: “Aql o‘rgatishni senga kim qo‘yibdi?”
Superligani qaysi klub tark etadi? Kumush medal kimga nasib qiladi?
Yangi Zelandiyada maori qabilasi oqsoqolining portreti auksionda rekord narxda sotildi