
Juma kuni 2026-yilgi Jahon chempionati qur'a tashlash marosimi bo'lib o'tdi. Hozircha Italiya terma jamoasi ushbu musobaqaga yo'llanmani qo'lga kiritmagan.
Mart oyida Italiya terma jamoasi mundialga yo'l olish uchun pley-off yarim finalida Shimoliy Irlandiyaga qarshi maydonga tushadi. G'alaba qozongan taqdirda, final uchrashuvida Uels yoki Bosniya va Gertsegovina jamoalaridan biri bilan kuch sinashadi.
Agar “Skuadra Azzurra” muvaffaqiyatga erishsa, 2014-yildan beri ilk marta Jahon chempionati final bosqichida qatnashadi. Guruh bosqichidagi raqiblar Kanada, Qatar va Shveytsariya bo'lishi kutilmoqda.
"Biz ketma-ket ikki Jahon chempionatidan chetda qoldik – bu, albatta, bizga katta bosim yuklaydi. Biz barcha raqiblarni hurmat qilamiz, ammo hech kimdan qo'rqmasligimiz kerak.
Yarim finalda 90 daqiqa kutib turibdi, unga to'liq tayyorgarlik bilan chiqishimiz lozim. Turnirning final bosqichiga yo'llanma olish butun Italiya futboli uchun nihoyatda muhim.
Yaqin o'tmishda ketma-ket ikkita Jahon chempionatini o'tkazib yuborishimizni tasavvur qilish qiyin edi. Biz muvaffaqiyatga erishish uchun bor kuchimizni sarflashimiz kerak", – dedi Gennaro Gattuzo Get Italian Football News nashriga bergan intervyusida.
2026-yilgi Jahon chempionati iyun va iyul oylarida AQSh, Kanada va Meksikada o'tkaziladi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.