date

Nagelsmann Germaniya raqiblarini baholadi


Germaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Yulian Nagelsmann JCH-2026 guruh bosqichi qur'asining natijalariga munosabat bildirdi. Germaniya terma jamoasi Ekvador, Kot-d’Ivuar va Kyurasaoga qarshi bir guruhda o‘ynaydi.

"Bu eng oson guruh emas, lekin bizga imkoniyat bor. Biz o‘yinlarimizni yutishni xohlaymiz.

Muhimi, bosqichma-bosqich harakat qilish va pley-offga chiqishdir. Har bir raqibga hurmat bilan qarash lozim, lekin baribir keyingi bosqichdagi potentsial raqiblar haqida o‘ylash ham normaldir.

Kyurasaoni o‘rganish qiziqarli bo‘ladi – biz bu jamoani hech qachon past baholamaymiz. Kot-d’Ivuarga qarshi g‘alaba qozonish mumkin, ammo ularni ham yengil qabul qilmaslik kerak.

Ekvadorga qarshi o‘yin oson bo‘lmaydi: ularning 3-4 nafar yulduz o‘yinchisi bor va ular saralash bosqichida Argentinadan keyin ikkinchi o‘rinni egallashdi", – dedi Nagelsmann Bayern & Germany manbasiga bergan intervyusida. Jahon chempionati 11-iyundan 19-iyulgacha AQSh, Kanada va Meksikada bo‘lib o‘tadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Nagelsmann Germaniya raqiblarini baholadi