
Madridning "Real" jamoasining sobiq himoyachisi Marselo Ispaniyadagi faoliyati, xususan, Lionel Messi bilan bo‘lgan o‘yinlar haqida fikr bildirdi. Marseloning so‘zlariga ko‘ra, argentinalik super-hujumchiga qarshi o‘ynash unutilmas xotiralar qoldirgan.
"U juda kuchli. Unga qarshi o‘ynash aql bovar qilmas taassurot qoldiradi va uzoq vaqt esda qoladi.
Uni to‘xtatish juda qiyin edi. Ammo men Messining va Ronaldu davrida o‘ynash baxtiga muyassar bo‘lganimni hisoblayman", - dedi Marselo derbyderbyderby.it nashriga bergan intervyusida.
Eslatib o‘tamiz, Marselo "Real" safida 2007 yildan 2022 yilgacha faoliyat olib borgan. U o‘tgan 2024 yilda futbolchilik faoliyatini yakunlagan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.