
Argentina terma jamoasi bosh murabbiyi Lionel Skaloni 2026-yilgi Jahon chempionati guruh bosqichi qurʼasi natijalariga oʻz munosabatini bildirdi. Qurʼa natijalariga koʻra, Argentina J guruhiga tushdi.
Ushbu guruhda shuningdek, Jazoir, Avstriya va Iordaniya jamoalari ham ishtirok etadi. "Jazoir yaxshi futbolchilarga ega kuchli jamoa.
Avstriya saralash turnirida ajoyib oʻyin koʻrsatdi va bu biz uchun oson raqib boʻlmasligi aniq. Iordaniya bilan esa unchalik tanish emasmiz, biroq ular Jahon chempionatiga chiqqan ekan, bunga albatta asos bor.
Bunday musobaqalarda yengil oʻyin boʻlmaydi", — dedi Skaloni Teleféga bergan intervyusida. 2026-yilgi Jahon chempionati 11-iyun kuni boshlanib, 19-iyulga qadar davom etadi.
Unda jami 48 milliy jamoa ishtirok etadi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.