date

Kannavaro: Portugaliya va Kolumbiyaga qarshi o‘yinlar — katta imkoniyat

Kannavaro: Portugaliya va Kolumbiyaga qarshi o‘yinlar — katta imkoniyat

O‘zbekiston milliy jamoasi bosh murabbiyi Fabio Kannavaro JCH–2026 qur’asi e’lon qilinganidan so‘ng muxlislar bilan o‘z fikrlarini baham ko‘rdi. Unga ko‘ra, mundialda kuchsiz raqib bo‘lmaydi va har bir jamoa bilan to‘qnash kelish ehtimoli avvaldan ma’lum edi.

Kannavaro termamiz tushgan guruhni ijobiy baholar ekan, Portugaliya va Kolumbiya kabi jamoalarga qarshi o‘yinlar futbolchilar uchun ulkan tajriba va katta sahna bo‘lishini ta’kidladi.

«Bu — Jahon chempionati. Bunday musobaqada har qanday raqib chiqishi mumkin. Portugaliya ham, Kolumbiya ham o‘z tarixiga, uslubiga va kuchli ijrochilariga ega. Biz uchun esa bu o‘yinlar beqiyos tajriba, ajoyib lahza bo‘ladi», — dedi Kannavaro.

Uning fikricha, qur’a natijasiga ortiqcha xavotir bilan emas, balki ishonch va optimizm bilan qarash kerak:

«Mundialda ishtirok etayotganimizning o‘zi katta sharaf. Qur’ada hamma narsa sodir bo‘lishi mumkin — bu futbol. Biz bu yerda ekanimizdan, O‘zbekiston bayrog‘i ostida maydonga tushish imkoniyatiga ega bo‘layotganimizdan juda mamnunmiz».

Tajribali murabbiy so‘zining oxirida futbolchilarni qo‘llab-quvvatlashda davom etishni so‘rab, jamoa to‘la tayyorgarlik bilan musobaqaga yo‘l olishini qo‘shimcha qildi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Kannavaro: Portugaliya va Kolumbiyaga qarshi o‘yinlar — katta imkoniyat